Siyoh idishini oʻramdan chiqaring, keyin esa uni tik tutib, ochish uchun qopqogʻini ohista burang.
Muhim:
Printeringiz bilan birga kelgan siyoh idishlaridan foydalaning.
Epson kompaniyasi asl bo'lmagan siyoh sifatini yoki ishonchliligiga kafolat bermaydi. Asl bo'lmagan siyohdan foydalanish printerni shikastlashi mumkin. Buning uchun Epson kompaniyasi kafolatni qoplab bermaydi.
Siyoh quyilgan idishlarni kuch bilan siltamang yoki boshqa kuchli harakatlar qilmang, siyoh toʻkilishi mumkin.
Qopqogʻini ochgandan keyin, siyoh idishining tepa qismiga teginmang; aks holda siyohga belanishingiz mumkin.