Chop qilish vaqtida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishingizni bilasizmi?
1. Siz foydalanadigan qog‘oz turi printeringizga ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhitni himoyalash tashabbuslari bo‘yicha sertifikatlangan (m-n, EN 12281:2002) yoki ekologik yorliqqa ega qog‘ozdan foydalanish orqali siz atrof-muhitga o‘tkaziladigan ta’sirni kamaytirishingiz mumkin. Muayyan ilovalar uchun yengilroq qog‘ozdan, masalan, 64 g/m² qog‘ozdan foydalanish mumkin.
2. Siz Energy Star standartidagi mahsulotlarni xarid qilish orqali energiya sarfini kamaytirishingiz mumkin.
3. Siz qog‘ozning har ikki tomoniga chop qilish orqali qog‘oz sarfi va atrof-muhitga o‘tkaziladigan ta’sirni kamaytirishingiz mumkin.
4. Standartga muvofiq, printeringizda elektr quvvati sarfini boshqaruv funksiyasi mavjud bo‘lib, u mahsult ishlamay turganda quvvat sarfini kamaytiradi. Bu energiya tejashning ajoyib usuli hisoblanadi.