SEIKO EPSON CORPORATION
DASTURIY TA’MINOTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA LITSENZIYA KELISHUVI

DIQQAT! USHBU DASTURIY TA’MINOTDAN FOYDALANISH BO‘YICHA LITSENZIYA KELISHUVINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQING. Kompyuter dasturiy mahsuloti, shrift ta’minoti, shrift garniturasi va/yoki ma’lumotlar, jumladan, har qanday qo‘shimcha tushuntiruvchi yozma materiallar (“Dasturiy ta’minot”) ushbu Kelishuvda SEIKO EPSON CORPORATION (“EPSON”) tomonidan belgilangan shartlar va qoidalarga Litsenziya foydalanuvchisi (“Siz”) tomonidan rozilik bildirilgan holdagina o‘rnatilishi yoki foydalanilishi lozim. Dasturiy ta’minotni o‘rnatish va undan foydalanish orqali siz ushbu Kelishuvda belgilangan barcha shartlar va qoidalarga rozi ekanligingizni bildirasiz. Dasturiy ta’minotni o‘rnatish yoki undan foydalanishdan oldin ushbu Kelishuvni diqqat bilan o‘qib chiqishingiz lozim. Agar ushbu Kelishuv shartlari va qoidalariga rozi bo‘lmasangiz, Dasturiy ta’minotni o‘rnatish yoki undan foydalanishingiz mumkin emas.

1. Litsenziya. EPSON va uning ta’minotchilari sizga bevosita yoki tarmoq orqali foydalanmoqchi bo'lgan har qanday bitta kompyuterga yoki kompyuterlarga Dasturiy ta’minotni o‘rnatish va undan foydalanishingiz uchun shaxsiy, mutlaq bo‘lmagan, foiz ajratmalaridan xoli, qayta litsenziyalanmaydigan cheklangan litsenziyani taqdim etadi. Siz tarmoqqa ulangan kompyuterlarning boshqa foydalanuvchilariga ham Dasturiy ta’minotdan foydalanishiga ruxsat berishingiz mumkin, agar (a) o‘sha foydalanuvchilar ushbu Kelishuv shartlari va qoidalariga rozi bo'lishini va ularga rioya qilishini ta'minlasangiz, (b) o‘sha foydalanuvchilar Dasturiy ta’minotdan faqat tarmoq tarkibidagi kompyuterlar orqali va tarmoqqa bog‘liq holda foydalanishini ta'minlasangiz, (c) o‘sha foydalanuvchilarning ushbu Kelishuv shartlari va qoidalariga amal qilmasligi va ularni bajarmasligi natijasida EPSON yoki uning ta’minotchilari duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar, yo‘qotishlar, xarajatlar, chiqimlar va majburiyatlardan EPSON va uning ta’minotchilarini ozod etib, bunga kafolat bera olsangiz. Agar zaxira nusxasiga ham mualliflik huquqi eslatmasining to‘lig‘icha o‘tishini ta’minlasangiz, zaxiralash va arxivlash maqsadlarida Dasturiy ta’minotdan nusxa olishingiz mumkin. “Dasturiy ta’minot” tushunchasi sizga litsenziya asosida EPSON yoki uning ta’minotchilari tomonidan taqdim etilgan Dasturiy ta’minotning tarkibiy qismlari, uni saqlaydigan tashuvchilar, siz tomoningizdan qilingan barcha nusxalari, har qanday yangilanishlari, o‘zgartirilgan versiyalari, zamonaviylashtirish dasturlari, qo‘shimchalari hamda nusxalarini o‘z ichiga oladi. EPSON va uning ta’minotchilari ushbu hujjatda ko‘rsatilmagan barcha huquqlarni o‘zlariga qoldiradi.

2. Boshqa huquqlar va cheklovlar. Siz Dasturiy ta’minotni o‘zgartirmaslik, moslashtirmaslik yoki tarjima qilmaslikka rozilik bildirasiz. Shuningdek, siz Dasturiy ta’minotni teskari loyihalashtirish, dekompilyatsiya harakatini amalga oshirish, qismlarga ajratish yoki boshqa usul bilan asos kodini chiqarib olishga urinmaslikka rozilik bildirasiz. Dasturiy ta’minotni ulashish, ijaraga berish, lizingga berish, og‘irlashtirish, qayta litsenziyalash yoki qarzga berish mumkin emas. Siz Dasturiy ta’minotdan foydalanish huquqingizni boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘tkazishingiz mumkin, agar o‘sha jismoniy yoki yuridik shaxsga ushbu Kelishuv, Dasturiy ta’minot, jumladan, uning barcha nusxalari, yangilanishlari va eski versiyalarini o‘tkazsangiz hamda o‘zingizda hech qanday nusxasini, jumladan, biror kompyuterga saqlangan nusxalarini saqlab qolmasangiz. Ba’zi davlatlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar Dasturiy ta’minotni birovga o‘tkazishni taqiqlash yoki bunga cheklov qo'yishga ruxsat bermasligi mumkin, shuning uchun yuqoridagi cheklovlar sizga nisbatan amal qilmasligi mumkin.

3. Egalik. Dasturiy ta’minot va uning har qanday nusxalariga nisbatan mulk, egalik va intellektual mulk huquqlari EPSON yoki uning ta’minotchilarida qoladi. Dasturiy ta’minotga taalluqli bo'lgan hech qanday mulk yoki egalik huquqi sizga o‘tkazilmaydi. Ushbu Litsenziya Dasturiy ta’minotga taalluqli bo'lgan hech qanday huquqni sotishni nazarda tutmaydi. Dasturiy ta’minot Yaponiyaning mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonuni va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyalar hamda intellektual mulk huquqiga oid boshqa qonun va konvensiyalar bilan himoyalangan. Ushbu Kelishuvda boshqa holatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, Dasturiy ta’minotdan nusxa olish mumkin emas. Shuningdek, siz Dasturiy ta’minotning har qanday nusxalaridagi mualliflik huquqi va boshqa mulk huquqlari haqidagi har qanday eslatmalarni o‘chirib tashlamaslik yoki o‘zgartirmaslikka ham rozilik bildirasiz.

4. Himoya va xavfsizlik. Siz vakolatsiz shaxsning Dasturiy ta'minotdan foydalanishiga va ruxsat berilmagan holda Dasturiy ta'minotning har qanday qismidan nusxa olinishi, uning chop etilishi, oshkor etilishi yoki tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Dasturiy ta'minotni himoyalash uchun qo‘lingizdan kelgan barcha harakatlarni qilishga va zarur choralarni ko‘rishga rozilik bildirasiz. Siz quyidagilarni tan olasiz: Dasturiy ta’minot tarkibida qimmatli, maxfiy ma’lumotlar va tijorat sirlari mavjud, undan ruxsatsiz foydalanish yoki nusxa olish EPSON va uning ta’minotchilariga zarar keltiradi hamda sizda ushbu qimmatli ma’lumotlar va tijorat sirlariga nisbatan maxfiylik majburiyati mavjud.

5. Cheklangan kafolat. Agar Dasturiy ta’minotni EPSON yoki biror dilerdan tashuvchi vositasi orqali olgan bo‘lsangiz, EPSON Dasturiy ta’minot yozilgan tashuvchi vositasi normal foydalanish sharoitlarida sizga yetkazilgan kundan boshlab 90 kun davomida mahsulotni yaratish sifati va materiallarga bog‘liq nuqsonlardan xoli bo‘lishini kafolatlaydi. Agar tashuvchi vositasi sizga yetkazilgan kundan boshlab 90 kun davomida EPSON yoki tashuvchi vositasi olingan dilerga qaytarilsa hamda EPSON tashuvchi vositasi nuqsonli ekanligi va tashuvchi vositasidan noto‘g‘ri foydalanilmagan, qo‘pol munosabatda bo‘linmagan, noto‘g‘ri qo‘llanilmagan yoki nuqsonli jihoz yordamida foydalanilmaganligini aniqlasa, Dasturiy ta’minot va uning barcha nusxalarini, qismlarini EPSON kompaniyasiga qaytarishingiz bilanoq, EPSON sizga tashuvchi vositasini almashtirib beradi. TASHUVCHI VOSITASI NISBATAN NAZARDA TUTILGAN BARCHA KAFOLATLAR, JUMLADAN, SOTISH UCHUN YAROQLILIK VA MUAYYAN MAQSAD UCHUN MOSLILIK HAQIDAGI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLAR YUQORIDA KO‘RSATILGAN TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI KAFOLAT MUDDATI DAVOMIDA AMALDA BO‘LADI.

Siz shuni tan olasiz va rozilik bildirasizki, Dasturiy ta’minotdan yolg‘iz o‘zingizning tavakkalchilingiz asosida foydalanasiz. DASTURIY TA’MINOT “BOR HOLICHA” VA HECH QANDAY TURDAGI KAFOLATSIZ TAQDIM ETILADI. EPSON VA UNING TA’MINOTCHILARI DASTURIY TA’MINOTDAN FOYDALANISHINGIZ ORQALI ERISHA OLISHINGIZ MUMKIN BO'LGAN UNUMDORLIK YOKI NATIJALARNI KAFOLATLAMAYDI VA KAFOLATLAY OLMAYDI. YUQORIDA AYTILGANLAR EPSON VA UNING TA’MINOTCHILARI KAFOLATINING BUZILISHI UCHUN YOLG‘IZ VA MUTLAQ HUQUQIY HIMOYA VOSITALARINI IFODALAYDI. EPSON VA UNING TA’MINOTCHILARI YUQORIDA KO‘RSATILGAN CHEKLANGAN KAFOLATDAN TASHQARI QOIDALARNI BUZMASLIK, SOTISHGA YAROQLILIK YOKI MUAYYAN MAQSADGA MOSLILIK UCHUN HECH QANDAY TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI YOKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARNI BERMAYDI. Ba’zi davlatlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar nazarda tutilgan kafolatlarni istisno qilish yoki nazarda tutilgan kafolatning qancha muddat amalda bo‘lishiga oid cheklovlarga ruxsat bermaydi, shuning uchun yuqoridagi cheklovlar sizga nisbatan amal qilmasligi mumkin. Ushbu kafolat sizga muayyan yuridik huquqlarni beradi. Turli davlatlarda yoki turli huquqni muhofaza qilish organlarida turlicha bo'lgan boshqa huquqlaringiz ham bo'lishi mumkin.

EPSON YOKI UNING TA’MINOTCHILARI SHARTNOMA, NOJOIZ HARAKAT (JUMLADAN, BEPARVOLIK), QAT’IY JAVOBGARLIK, KAFOLATNING BUZILISHI, MA’LUMOTLARNING NOTO'G'RI KO‘RSATILISHI NATIJASIDA YUZ BERGAN YOKI HAR QANDAY BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI MAXSUS ZARARLAR, JUMLADAN, HAR QANDAY YO‘QOTILGAN FOYDALAR YOKI JAMG‘ARMALAR UCHUN, HATTO, EPSON, UNING TA’MINOTCHILARI YOKI HAR QANDAY VAKILLARI BUNDAY ZARARLAR EHTIMOLI HAQIDA OGOHLANTIRILGAN BO‘LSA HAM, YOKI HAR QANDAY UCHINCHI SHAXS TOMONIDAN QILINADIGAN HAR QANDAY DA’VO UCHUN SIZGA NISBATAN O'Z ZIMMASIGA HECH QANDAY VAZIYATDA HECH QANDAY MAJBURIYAT OLMAYDI. Ba’zi davlatlar yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasodifiy, bilvosita yoki maxsus zararlarning istisno qilinishi yoki cheklanishiga ruxsat bermaydi, shuning uchun yuqoridagi cheklovlar sizga nisbatan amal qilmasligi mumkin.

6. Kelishuvning tugatilishi. Agar siz tomoningizdan ushbu Kelishuv shartlari bajarilmasa, ushbu Kelishuv EPSON kompaniyasining biror huquqiga zarar yetkazilmagan holda avtomatik ravishda tugatiladi. Siz Dasturiy ta’minot va uning barcha nusxalarini o‘chirib tashlash va buzib tashlash orqali istalgan vaqtda ushbu Kelishuvni tugatishingiz mumkin.

7. Eksport cheklovi. Siz EPSON kompaniyasidan olingan Dasturiy ta’minot hamda har qanday axborot yoki ma’lumotlarni birovga o‘tkazmaslikka, ularni eksport yoki qayta eksport qilmaslikka va Yaponiya qonunchiligi, cheklovlari va qoidalariga yoki Dasturiy ta'minot olingan davlatning qonunlariga muvofiq bo'lgan tegishli litsenziyasiz Dasturiy ta’minotdan foydalanmaslikka rozilik bildirasiz.

8. Qonunchilik va umumiy qoidalar. Ushbu Kelishuv, uning qarama-qarshi normalari hisobga olinmagan holda, Yaponiya qonunchiligiga muvofiq tartibga solinishi va sharhlanishi lozim. Ushbu Kelishuv Dasturiy ta’minotga nisbatan tomonlar o‘rtasidagi yaxlit kelishuv hisoblanib, u Dasturiy ta’minot yuzasidan har qanday xarid buyurtmasi, muloqot, reklama yoki taqdimot o‘rnini bosadi. Ushbu Kelishuv tomonlar uchun majburiy kuchga ega bo'lib, u ularning mos vorislari, huquqiy vorislari va qonuniy vakillari manfaatlari uchun xizmat qiladi. Agar ushbu Kelishuvning biror qoidasi bekor yoki kuchini yo‘qotgan deb topilsa, bu Kelishuvning qolgan qismlarining haqiqiyligiga ta’sir qilmaydi va u o‘z kuchida qolib, o‘z shartlariga muvofiq ijro qilinadi. Ushbu Kelishuv faqat EPSON kompaniyasining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan yozma shaklda imzolangan holdagina o‘zgartirilishi mumkin.

9. AQSh hukumatiga mansub yakuniy foydalanuvchilar. Agar siz Dasturiy ta’minotni AQSh hukumatining har qanday bo‘linmasi yoki agentligi nomidan xarid qilayotgan bo‘lsangiz, quyidagi qoidalar qo‘llaniladi. Hukumat quyidagilarga rozilik bildiradi: (i) agar Dasturiy ta’minot Mudofaa vazirligiga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, Dasturiy ta’minot tushunchasi, “Mudofaa sohasidagi federal xaridlarni boshqarish tizimi” (DFARS) nizomining 252.227-7013(c)(1) bandida ta’riflanganidek, “Tijoriy kompyuter dasturiy ta’minoti” sifatida tasniflanadi va Hukumat faqat Dasturiy ta’minot va uning hujjatlaridagi “cheklangan huquqlarni” oladi; (ii) agar Dasturiy ta’minot Mudofaa vazirligidan tashqari AQSh hukumatining istalgan bo‘linmasi yoki agentligiga yetkazib berilayotgan bo‘lsa, Hukumatning Dasturiy ta’minot va uning hujjatlaridagi huquqlari “Federal xaridlarni boshqarish tizimi” (FAR) nizomining 52.227-19(c)(2) bandida ta’riflanganidek bo‘ladi; NASA holatida esa, FAR nizomiga NASA ilovasining 18-52.227-86(d) bandida ta’riflanganidek bo‘ladi.


10. Internetga ulanish. Dasturiy ta’minot siz foydalanayotgan EPSON apparati va/yoki dasturiy ta’minoti (“EPSON mahsulotlari”) yuzasidan kompyuteringizga yoki kompyuteringizdan ma’lumotlar, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, EPSON mahsulotlarining modeli haqidagi ma’lumotlar, siz yashayotgan mamlakat/hudud, EPSON mahsulotlarining holati va h.k. haqidagi ma'lumotlarni yuborish uchun Internetga ulanish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin. EPSON sizning ruxsatingizsiz ushbu ma’lumotlarning ba’zi elementlarini o‘zgartirishi mumkin. EPSON sizning ruxsatingizsiz hech qanday shaxsiy ma’lumotlarni to‘plamaydi. Biroq EPSON foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat darajasini oshirish uchun shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanishi mumkin. Agar siz Dasturiy ta’minotni o‘rnatishga rozilik bildirsangiz, har qanday ma’lumotlarni Internetga uzatish yoki Internetdan qabul qilish EPSON veb-saytida berilgan amaldagi EPSON Maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.

11. Dasturiy ta’minot versiyasini yangilash. Dasturiy ta'minotning versiyasini (i) avtomatik ravishda yoki (ii) sizning oldindan berilgan roziligingiz bilan yangilash maqsadida Dasturiy ta'minot Internet orqali EPSON kompaniyasining yoki EPSON tomonidan tayinlangan uchinchi shaxsning serveriga ulanish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin. Ushbu yangilangan dasturiy ta’minot ham Dasturiy ta’minot hisoblanib, u ham ushbu Kelishuv orqali tartibga solinadi.



EPSON EULA UZ 10/30/2009