Nosozliklarni bartaraf qilish
Mahsulot topilmayapti
Mahsulot hamda kirish nuqtasining (yoki simsiz routerning) yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
Agar mahsulotdan Ethernet tarmog'ida foydalansangiz, mahsulotning xabga LAN kabeli bilan to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Agar kirish nuqtasida (yoki simsiz routerda) kirish cheklanishlari o'rnatilgan bo'lsa, kirish nuqtasida mahsulotning MAC manzili yoki IP-manzilini ro'yxatdan o'tkazing. MAC manzilini mahsulotning boshqaruv paneli yoki tarmoq holati varag'ida tekshiring.
Kirish nuqtasining (yoki simsiz routerning) maxfiylikni filtrlash xususiyati yoqilgan bo'lsa, uni o'chirib qo'ying. Batafsil ma'lumotlar olish uchun kirish nuqtasi (yoki simsiz router) qo'llanmasiga qarang.
IP-manzilning to'g'riligini tekshiring. U boshqalarniki bilan bir xil bo'lmasligi kerak hamda mahsulotni boshqa tarmoq segmentiga ulay olmaysiz.
Mahsulotni tarmoqqa ulab bo'lmayapti
Kompyuter hamda kirish nuqtasi (yoki simsiz router) o'rtasida aloqa o'rnatilganligini tekshiring.
Kirish nuqtasining SSID (Tarmoq nomi) to'g'ri tanlangan yoki kiritilganligini tekshiring. ASCII bo'lmagan belgilarni ishlatib bo'lmaydi.
Parolda katta-kichik harflar farqlanadi. Parol to'g'ri kiritilganligini tekshiring.
Mahsulotni kirish nuqtasiga yaqinroqqa qo'ying yoki kirish nuqtasining tashqi antennasini sozlang.
Boshqa simsiz qurilmalardan chiqadigan radioto'lqinlar simsiz ulanishga xalaqit berishi mumkin. Yaqin atrofda boshqa simsiz qurilmalar yoqilgan yoki yoqilmaganligini tekshiring.