Mahsulot aniqlanmasa, quyidagilarni bajarib ko'ring.

Mahsulotga quvvat kelayotganini tekshiring.

Mahsulot yoqilganligiga ishonch hosil qiling.
Quvvat shnurining rozetkaga mahkam tiqilganligiga ishonch hosil qiling.
Rozetkada tok borligiga ishonch hosil qiling.

Mahsulot o'chiq bo'lsa:

Mahsulotni yoqib, [Orqaga]-ni bosing.

Mahsulot yoqilganida ham aniqlanmasa:

Keyingi bosqichga o'ting.

Mahsulot bilan kompyuter o'rtasidagi ulanishni tekshiring.

USB kabeli mahsulotga hamda kompyuterga mahkam ulanganiga ishonch hosil qiling va USB kabeli shikastlanmagan yoki buklanmaganligini tekshiring.
Mahsulotni kompyuterga USB xab orqali ulayotgan bo'lsangiz, mahsulotni kompyuterdagi birlamchi xabga ulang. Mahsulot drayveri shunda ham kompyuteringizda aniqlanmasa, mahsulotni USB xabiga ulamasdan, to'g'ridan-to'g'ri kompyuterga ulab ko'ring.
Mahsulotni kompyuterga USB xab orqali ulayotgan bo'lsangiz, USB xab qurilmasini kompyuter aniqlaganiga ishonch hosil qiling.

Mahsulot bilan kompyuter o'rtasidagi ulanishni tekshirgach, [Orqaga]-ni bosing.